Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotechnologiyalari institutida «Tadbirkorlik asoslari va tadbirkorlikka ilk qadam» mavzusida trening boʻlib oʻtdi. Tadbirkor Ayollar Assotsiatsiyasi Andijon viloyati rahbari D. Ishanova yoshlar bilan oʻz tajribasi va davlatimiz rahbari yaratayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashdi.
2026 yil 26 sentyabr kuni Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotechnologiyalari instituti, iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida «Tadbirkorlik asoslari va tadbirkorlikka ilk qadam» mavzusida trening boʻlib oʻtdi.
Seminarni kafedra mudiri O. Shermatov ochib berdi.
Shuningdek, iqtisodiyot kafedrasi assistenti G. Turgʻunova ham oʻz fikrlarini bildirdi.
Tadbirkor Ayollar Assotsiatsiyasi Andijon viloyati hududiy boʻlimi rahbari, tadbirkor D. Ishanova tadbirkorlik yoʻlida bosib oʻtgan oʻz tajribalari va erishgan yutuqlari bilan yaqindan boʻlishdi.
Yoshlarga davlatimiz rahbari — muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlar uchun keng va ulkan imkoniyatlar yaratilayotgani, shuningdek, ayni paytda yoshlarga ushbu imkoniyatlardan foydalanish vaqti yetgani haqida keng tushunchalar berildi.
Tadbirda yosh tadbirkorlar ham oʻz fikrlarini bildirdilar.
Tadbir nihoyasida kelgusidagi rejalar haqida qiziqarli savol-javoblar boʻlib oʻtdi.




