2026 yil 9 oktyabr kuni Andijon shahar «Maʼrifat» uyi qoshidagi tadbirkor ayollar uchun «Aniq maqsadlar, harakatlar, imkoniyatlar — bu bizni natijaga eltuvchi yoʻldir» mavzusida trening mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilarga kelgusidagi biznes gʻoyalarini amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich aniq strategik yoʻnalishlar berildi.
2026 yil 9 oktyabr kuni Andijon shahar «Maʼrifat» uyi qoshidagi tadbirkor ayollar uchun «Aniq maqsadlar, harakatlar, imkoniyatlar — bu bizni natijaga eltuvchi yoʻldir» mavzusida trening mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
Trening davomida tadbirkor ayol qizlarimizga kelgusida rejalashtirgan biznes gʻoyalarini amalga oshirishlari uchun bosqichma-bosqich aniq strategik yoʻnalishlar berildi.
Trening nihoyasida tadbirkor ayol qizlar oʻzlarining gʻoyalarini amalga oshirishda Tadbirkor Ayollar Assotsiatsiyasi muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch hosil qilib, oʻzlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar.
Ishonamizki, bugungi kunda tadbirkor ayollarga berilayotgan imkoniyatlardan maqsadli foydalanishlari natijasida yurtimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʻshadilar.



