2026 yil 7 oktyabr kuni tadbirkor ayollarga «Tadbirkorlikda daromadni 5 x ga oshirish va xodimlarni toʻgʻri boshqarish» mavzusida trening oʻtkazildi: sotuv uchun eng kerakli instrumentlar koʻrsatildi, xodimlarni boshqarishdagi xatolar yuzasidan amaliy maslahatlar va Assotsiatsiya aʼzoligi haqida tushunchalar berildi.
2026 yil 7 oktyabr kuni bir guruh tadbirkor ayollarga bir piyala choy ustida maqsadli va foydali mavzuda trening oʻtkazildi.
Trening mavzusi «Tadbirkorlikda daromadni 5 x ga oshirish va xodimlarni toʻgʻri boshqarish» boʻldi.
Trening davomida ayollarga sotuv uchun eng kerakli instrumentlar koʻrsatildi hamda xodimlarni boshqarishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan bir qator xatolar ustida tajribaviy maslahatlar berildi.
Shuningdek Tadbirkor ayollar Assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlish borasida tushunchalar berilib, tadbirkor ayollar oʻrtasida bir qator ijobiy javoblar olindi.
Ishonamizki, Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlgan har bir tadbirkor ayol qizlarimiz, assotsiatsiya tomonidan berilayotgan bir qator maqsadli va foydali imkoniyatlardan unumli foydalanadilar hamda yurtimiz ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshadilar.




