Тадбиркор аёл
Yangiliklarga qaytish
Yangiliklar

Kasbga yoʻl koʻrsatgan ustozlarga ehtirom!

Kasbga yoʻl koʻrsatgan ustozlarga ehtirom!

Uchquʻdoʻk tumanidagi 1-son texnikumda «Ustozga ehtirom!» mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

✍️Kasbga yoʻl koʻrsatgan ustozlarga ehtirom!

📊Ustoz bergan bilim — shogird kamolotiga, shogirdning yutugʻi esa ustoz mehnatiga berilgan yuksak bahodir.

Uchquʻdoʻk tumanida ana shu ezgu qadriyani ulugʻlashga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

⭐️1-son texnikumda «Ustozga ehtirom!» mavzusida oʻtkazilgan tadbir «Tadbirkor ayol» Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Navoiy viloyat boʻlimi Uchquʻdoʻk tuman boʻlinmasi rahbari Z. Sharipova tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Unda «Tadbirkor ayol» Xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Navoiy viloyat boʻlimi rahbari Gulchehra Berdieva, keng jamoatchilik vakillari, ishbilarmon yoshlar hamda ustozlar ishtirok etdi.

✨Tadbirda bugun oʻz kichik tadbirkorligini yoʻlga qoʻyib, mehnati orqali oilasi farovonligiga hissa qoʻshayotgan yosh tadbirkorlar oʻzlariga kasb va hayot sabogʻini bergan ustozlariga chuqur ehtirom va minnatdorliklarini izhor etdilar.

Xususan, Sevara Eshquvvatova — ustozi Fotima Hamroevaga, Gulnoza Berdieva — ustozi Dilshoda Jamolovaga, Muxayo Fatullayeva — ustozi Dilafroʻz Jabborovaga, Zebiniso Sharipova — ustozi Gulchehra Berdievaga samimiy dil izhorlarini bildirdilar.

💞Shogirdlar tilidan aytilgan samimiy soʻzlarda ustozlarning mehnati, hayotiy saboqlari va ularning kasb tanlash hamda tadbirkorlik yoʻlidagi oʻrni alohida eʼtirof etildi.

Tadbir yakunida shogirdlar ustozlarini gullar va esdalik sovgʻalari bilan tabrikladilar.

Fotosuratlar+2

Kasbga yoʻl koʻrsatgan ustozlarga ehtirom!Kasbga yoʻl koʻrsatgan ustozlarga ehtirom!
Aloqa

Biz bilan bogʻlaning

Savollaringiz bormi? Biz sizga yordam berishdan xursand boʻlamiz

Manzil

Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Furqat koʻchasi, 1