Навоий вилоятида ННТ вакиллари учун коррупцияга қарши курашиш бўйича ўқув тренинги бошланди — Евроиттифоқ, GIZ, Латвия ва ЎзННТМА ҳамкорлигида.
NAVOIY VILOYATIDA NNT VAKILLARI UCHUN KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO'YICHA O'QUV TRENINGI BOSHLANDI
O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi, GIZ, Latviya Markaziy Moliya agentligi hamda O'zNNTMA Navoiy viloyati hududiy bo'linmasi bilan hamkorlikda muhim o'quv treningiga start berildi.
Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqining "O'zbekiston davlat boshqaruvini takomillashtirish — inklyuziv korrupsiyaning oldini olish" loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
Treningda "Transparency International Latvia" va "Transparency International Kyrgyzstan" tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.
Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu yo'nalishdagi salohiyatini oshirishga qaratilgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash ko'zda tutilgan.







