Nurafshon shahridagi «NNT va doʻstlik uyi»da OʻzNNTMA viloyat boʻlinmasi tashabbusi va Oʻzbekiston xalqaro «Tadbirkor ayollar» assotsiatsiyasi viloyat boʻlinmasi hamkorligida «Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy oʻrni» mavzusida seminar oʻtkazildi.
♻️ NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOT TAJRIBASI ALMASHILDI!
Nurafshon shahridagi «NNT va doʻstlik uyi»da OʻzNNTMA viloyat boʻlinmasi tashabbusi va Oʻzbekiston xalqaro «Tadbirkor ayollar» assotsiatsiyasi viloyat boʻlinmasi hamkorligida «Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy oʻrni» mavzusida seminar oʻtkazildi.
✅ Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, NNTlar vakillari hamda tadbirkor ayollar ishtirok etdi.
Seminar davomida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda NNTning oʻrni, ular tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy koʻmak turlari, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, biznes-reja ishlab chiqish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, mahsulot va xizmatlarni bozorga olib chiqish hamda mavjud qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar beriladi, muvaffaqiyatli ayol tadbirkorlarning tajribasi oʻrganiladi.




