11 oktyabr — Xalqaro Qizlar kuni munosabati bilan Yangiyer sanatoriyasida qizlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yosh qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning iqtidorini roʻyobga chiqarishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish boʻldi.
QIZLAR KAMOLOTI — JAMIYaT TARAQQIYOTI
11 oktyabr — Xalqaro Qizlar kuni munosabati bilan Yangiyer sanatoriyasida qizlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — yosh qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, taʼlim olishga, kasb-hunar egallashga va oʻz iqtidorlarini namoyon etishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirishdan iborat boʻldi.
Uchrashuv davomida qizlarning jamiyatdagi oʻrni, zamonaviy bilim va kasblarni egallash, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topishi masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir samimiy muloqotlar, qiziqarli suhbatlar va maʼnaviy-maʼrifiy chiqishlarga boy boʻldi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olib, kelgusidagi maqsad va orzulari haqida fikr almashdilar.
Zero, har bir qiz — yurt kelajagi, oila va jamiyatning ertangi kunini bunyod etuvchi buyuk kuchdir!
Tadbirda ishtirok etganlar qatorida Yangiyer shahar tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi raisi Maʼmajanova Erkinoy hamda tashkilotning Sirdaryo viloyati boʻlimi yetakchisi Barchinoy Mamatqulovna ishtirok etishdi.





