Тадбиркор аёл
Yangiliklarga qaytish
Yangiliklar

31 NAFAR FUQAROGA OʻZ FAOLIYATINI BOSHLASH UCHUN KOʻMAK BERILDI

31 NAFAR FUQAROGA OʻZ FAOLIYATINI BOSHLASH UCHUN KOʻMAK BERILDI

Sardoba tumanidagi "Qoʻrgʻontepa" mahalla fuqarolar yigʻinida 31 nafar fuqaroga oʻz faoliyatini boshlashi va rivojlantirishi uchun toʻrt turdagi asbob-uskunalar topshirildi. Tadbir aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan grant loyihasi doirasida tashkil etildi.

31 NAFAR FUQAROGA OʻZ FAOLIYATINI BOSHLASH UCHUN KOʻMAK BERILDI

Sardoba tumani "Qoʻrgʻontepa" mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan grant loyihasi doirasida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha "Tadbirkor ayol" xalqaro ishbilamon ayollar assotsiatsiyasining Sardoba tumani hududiy boʻlinmasi raisi Eshmanova Tojinor Toshonovna tomonidan ishlab chiqilib, aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan grant tanlovida gʻolib deb topildi.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Sirdaryo viloyati boʻlimi tomonidan taklif etilgan yoʻnalish asosida amalga oshirilmoqda. Uning asosiy maqsadi — "Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi" tamoyili asosida fuqarolarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini taʼminlash hamda barqaror daromad manbaini yaratishga koʻmaklashishdan iborat.

Tadbirda Sirdaryo viloyati "Tadbirkor ayol" xalqaro ishbilamon ayollar assotsiatsiyasi rahbari Barchinoy Usmanova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Sirdaryo viloyati boʻlimi boshligʻi Shavkat Abdurahmonov, Sardoba tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Gʻayrat Botirov hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Marvarid Kenjayeva ishtirok etdi.

Loyiha doirasida 31 nafar fuqaroga oʻz faoliyatini boshlashi va rivojlantirishi uchun toʻrt turdagi asbob-uskunalar topshirildi. Ushbu amaliy yordam fuqarolarning oʻzini oʻzi band qilishi, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishi va oilasi uchun barqaror daromad manbaini yaratishiga xizmat qiladi.

Fotosuratlar+7

31 NAFAR FUQAROGA OʻZ FAOLIYATINI BOSHLASH UCHUN KOʻMAK BERILDI31 NAFAR FUQAROGA OʻZ FAOLIYATINI BOSHLASH UCHUN KOʻMAK BERILDI31 NAFAR FUQAROGA OʻZ FAOLIYATINI BOSHLASH UCHUN KOʻMAK BERILDI31 NAFAR FUQAROGA OʻZ FAOLIYATINI BOSHLASH UCHUN KOʻMAK BERILDI31 NAFAR FUQAROGA OʻZ FAOLIYATINI BOSHLASH UCHUN KOʻMAK BERILDI31 NAFAR FUQAROGA OʻZ FAOLIYATINI BOSHLASH UCHUN KOʻMAK BERILDI31 NAFAR FUQAROGA OʻZ FAOLIYATINI BOSHLASH UCHUN KOʻMAK BERILDI
Aloqa

Biz bilan bogʻlaning

Savollaringiz bormi? Biz sizga yordam berishdan xursand boʻlamiz

Manzil

Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Furqat koʻchasi, 1