Тадбиркор аёл
Yangiliklarga qaytish
Yangiliklar

SIRDARYOLIK TADBIRKOR AYOL EʼTIROF ETILDI

SIRDARYOLIK TADBIRKOR AYOL EʼTIROF ETILDI

Sirdaryo viloyati, Xovos tumani «Sarvi.Baxor YAn» xususiy korxonasi rahbari, Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi tuman boʻlinmasi raisi Shokirova Gulbaxor Mazbutovna bugun munosib eʼtirof etildi: 1 340 dan ortiq ayollarga bilim bergan, 50 dan ortiq ayolni ish bilan taʼminlagan faoliyati davlat miqyosida tan olindi.

SIRDARYOLIK TADBIRKOR AYOL EʼTIROF ETILDI

Sirdaryo viloyatida xotin-qizlarni ish bilan taʼminlab, ularga yangi imkoniyatlar, yangi gʻoyalar va albatta, moliyaviy erkinliklar yaratish orqali yurtimiz va xalqimiz foydasiga xizmat qilayotgan tadbirkor ayollar safi tobora kengayib bormoqda.

Tashabbuskor ayollardan biri — Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi «Sarvi.Baxor YAn» xususiy korxonasi rahbari, Tadbirkor ayol assotsiatsiyasi tuman boʻlinmasi raisi Shokirova Gulbaxor Mazbutovnadir.

Shokirova Gulbaxor Mazbutovna ustoz-shogird anʼanasi asosida xotin-qizlar va tadbirkor ayollar bilimini oshirib, 1 340 dan ortiq ayollarni oʻqitganlar. Koʻplab ayollarga ish berganlar, 50 dan ortiq kam taʼminlangan ayolni ish bilan taʼminlaganlar. Ularni qoʻllab-quvvatlab, oʻziga boʻlgan ishonchini oshirib, fikrlashini kengaytirganlar. Tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan ilmiy maqolasi bugun munosib eʼtirof etildi.

Gulbaxor Mazbutovna qilgan ishlari bilan cheklanib qolmasdan, nogironlar bogʻchasini ochish tashabbusi bilan faol harakat boshlab yuborganlar. Bu borada yana koʻplab insonlar ish bilan taʼminlanadi.

Bunday ayollar — yurtimiz faxridur!

Fotosuratlar+2

SIRDARYOLIK TADBIRKOR AYOL EʼTIROF ETILDISIRDARYOLIK TADBIRKOR AYOL EʼTIROF ETILDI
Aloqa

Biz bilan bogʻlaning

Savollaringiz bormi? Biz sizga yordam berishdan xursand boʻlamiz

Manzil

Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Furqat koʻchasi, 1