Tadbirkor ayollar Assotsiatsiyasi — oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan ayollarni birlashtiruvchi muhim maydon: uchrashuv, fikr almashish va qoʻllab-quvvatlash.
Tadbirkor ayollar Assotsiatsiyasi — oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan, yangi gʻoya va maqsadlar sari intilayotgan xotin-qizlarni birlashtiruvchi muhim maydon.
Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi — tadbirkor ayollarning faoliyatini oʻrganish, ularning muammo va takliflarini tinglash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishiga koʻmaklashishdir.
Bugungi uchrashuvda tadbirkor ayollarning faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ularning fikr va takliflari eshitildi. Koʻrsatilayotgan eʼtibor va qoʻllab-quvvatlov tadbirkor ayollarda katta mamnuniyat va yangi ishtiyoq uygʻotdi.
Biz har bir tadbirkor ayolning yutuqini qoʻllab-quvvatlash, yangi tashabbuslarini ragʻbatlantirish va ular uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish tarafdorimiz.
Bir maqsad, bir harakat, birdamlik — tadbirkor ayollar Assotsiatsiyasi bilan birga yangi marralar sari
Усмонова Барчиной Мамадқуловна тадбиркор хотин-қизларга яратилаётган имкониятлар, уларни қўллаб-қувватлаш ва ўз бизнесини ривожлантириши учун берилаётган эътибор учун Президентимизга чуқур миннатдорлик билдирди.
«Биз, тадбиркор аёллар учун яратилаётган ҳар бир имконият — янги ғоялар, янги лойиҳалар ва янги ютуқлар учун катта қадамдир. Бу эътибор ва ишонч бизга янада катта масъулият билан меҳнат қилишга куч беради», — деди у.
Эътибор ва қўллаб-қувватлаш бор экан, тадбиркор аёллар янги марраларни забт этаверади!
